ZARMED Universiteti Davolash ishi yo‘nalishining 1-kurs talabalari poliklinikada amaliyot o‘tamoqda. Amaliyot davomida ular tibbiyot muassasasining kundalik faoliyati va tibbiy jarayonlar bilan yaqindan tanishmoqda.
Mazkur amaliyot talabalarga darslarda o‘zlashtirgan bilimlarini amaliy jarayonlar bilan bog‘lash, tibbiyot xodimlarining faoliyatini kuzatish hamda kelajak kasbi haqida dastlabki amaliy tasavvurlarini kengaytirish imkonini bermoqda.