📌 “Bir nihol — bir kelajak” shiori ostida 1-bosqich talaba-qizlari ishtirokida ekologik tadbir tashkil etildi. Unda universitet rektorining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sitora Ro‘ziyeva ham qatnashdi.
🎓 Tadbir davomida hududni obodonlashtirish va ko‘chat ekish ishlari amalga oshirildi. Har bir nihol ezgu niyat va kelajakka ishonch ramzi sifatida qadaldi.
💬 Mazkur tashabbus yoshlarda ekologik madaniyat, jamoaviylik va tabiatga mas’uliyat hissini yanada kuchaytirishga xizmat qildi.