ZARMED UNIVERSITETIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
ZARMED universitetining Samarqand kampusida “TA’LIM, FAN VA FALSAFA: RAQAMLASHTIRISH SHAROITIDA BILIMLARNING FANLARARO TRANSFORMATSIYASI” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tadi.
Anjumanda mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilar, mustaqil izlanuvchilar, amaliyotchi mutaxassislar va talabalar ishtirok etishlari mumkin.
🔗 Konferensiyaning asosiy ilmiy yo‘nalishlari (https://telegra.ph/Konferensiyaning-asosiy-ilmiy-yonalishlari-11-19)
Konferensiya ishtirokchilari uchun imkoniyatlar
Taqdim etilgan ilmiy materiallar to‘plami elektron shaklda nashr etiladi va DOI identifikatori beriladi;
Tahrir hay’ati tomonidan saralangan maqolalar “ZARMED Science” ilmiy jurnalida nashr etish uchun tavsiya etiladi;
Ilmiy fikr almashish, tadqiqot natijalarini taqdim etish va fanlararo hamkorlikni rivojlantirish imkoniyati yaratiladi.
🔗 Maqolalarga qo‘yiladigan asosiy talablar (https://telegra.ph/Maqolalarga-qoyiladigan-asosiy-talablar-11-19)
Konferensiya vaqti: 27-noyabr, 10:00, 2026-yil
📍 Manzil: ZARMED Universiteti, Samarqand kampusi, D bino
📩 Materiallarni yuborish uchun:
sciencezarmed@gmail.com
@ZarmedScience
Maqolalar va tezislarni qabul qilishning oxirgi muddati: 26-noyabr, 2026-yil.
Ilm-fan, ta’lim va raqamli taraqqiyotning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan ushbu anjumanga barcha ilmiy izlanuvchilarni taklif etamiz!
@zarmeduni