✨ Yangi o‘quv yilini ko‘tarinki ruhda, ozoda va shinam muhitda kutib olish maqsadida Zarmed universiteti hududida tozalash hamda obodonlashtirish tadbirlari tashkil etildi.
🧹 Tadbir davomida o‘quv binolari, auditoriyalar, sport maydonchalari va atrofdagi yashil hududlar tartibga keltirildi. Daraxtlarga shakl berilib, yo‘laklar tozalandi va talabalar uchun qulay sharoitlar yaratildi.
🏛 Mazkur ishlar universitet jamoasining hamjihatligi va ta’lim maskanini yanada obod qilish yo‘lidagi mas’uliyatini namoyon etdi.